“Olam tabassumi 2017” xalqaro go‘zallik tanlovi hakamlari tanlov finalida bahslashadigan o‘n nafar ishtirokchini tanlab oldi. Bu haqda tanlov rasmiy saytida xabar berildi.
Finalga 8 mamlakatdan 14 nafar ishtirokchi chiqdi, ular orasida o‘zbekistonlik Madina Rashidova ham bor. Tanlovning saralash bosqichlarida esa 15 mamlakat vakilalari qatnashgan edi.
Tanlov finali 23-avgust kuni 8:05 dan 8:25 ga qadar (Toshkent vaqti bilan 10:05 dan 10:25 gacha) Rossiyaning LipetskFM radiostansiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirida bo‘lib o‘tadi.
Radioefir boshida besh nafar finalchilar aniqlanadi, ularning uch nafari to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga chiqib, hay’at a’zolarining eng chigal savollariga javob beradi.
Quyida Madina Rashidovaning “tashrif qog‘ozi”ni tomosha qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq tanlovda yana bir o‘zbekistonlik qiz — Laylo Musayeva ham qatnashayotgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)