G‘arb Suriyada to‘ntarish uyushtirishning uddasidan chiqmadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Bashar Asad Suriya TIVda diplomatlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Suriya yetakchisiga ko‘ra, “G‘arb loyihasi”ni chippakka chiqarishga erishilgan bo‘lsa ham, mamlakat armiyasi hali yakuniy g‘alabaga erishmadi.
“Jang davom etmoqda. Unda g‘alaba qozonganimizdan keyingi harakatlarimiz haqida fursati kelganda gaplashamiz”, — dedi Bashar Asad.
Izoh (0)