Belgorod viloyatida Valuyka shahrida o‘qotar quroldan otib o‘ldirilgan uch kishi — 55 yoshli er-xotin va ularning 29 yoshli o‘g‘li jasadi topilgani bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi viloyat boshqarmasi ma’lum qildi.
Politsiyaga 18-avgust, juma kuni kechki payt mahalliy fuqaro qo‘ng‘iroq qilib, unga tanish oila aloqaga chiqmayotgani haqida xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘ldirilgan shaxslar qurilish biznesi, xususan, qurilish materiallari va uy uchun mahsulotlar sotish bilan shug‘ullangan.
OAV jinoyatga talonchilik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda.
Jasadlar sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazish uchun jo‘natildi, marhumlarning qo‘shnilari va hamkasblari so‘roq qilinmoqda.
Izoh (0)