Tinch okean tubida 1945-yil iyulida cho‘ktirib yuborilgan “Indianapolis” kreyseri bo‘laklari topildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Bo‘laklarni Microsoft ta’sischilaridan biri Pol Allen boshqargan tadqiqotchilar guruhi 5,3 kilometr chuqurlikdan topdi.
“Indianapolis” keyinchalik Xirosimaga tashlangan atom bombasi qismlarini yetkazib berganidan ko‘p o‘tmay Yaponiya suv osti kemasi tomonidan cho‘ktirilgandi.
Uning halokati AQSh harbiy-dengiz floti tarixidagi eng fojiali sahifalardan biri hisoblanadi: hodisa oqibatida 883 kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)