Iroqda Sent-Vinsent va Grenadinlar davlati bayrog‘i ostida suzgan Royal Arsenal kemasi bilan to‘qnashuvdan so‘ng Al-Misbar g‘avvoslik kemasi cho‘kib ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa Xor-Abdulloh bo‘g‘ozida sodir bo‘lgani bildirilmoqda.
To‘qnashuv chog‘i Iroq kemasi bortida 21 kishi bo‘lgan. Ulardan 10 nafari qutqarib qolindi, kamida 4 kishi halok bo‘ldi.
Qolganlar bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda. Ularni qidirish ishlari tungacha davom etdi.
Izoh (0)