Barselonada uyushtirilgan teraktda asosiy gumondor bo‘lmish Driss Ukabir hibsga olindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
La Vanguardia gazetasi, Ukabirdan tashqari, teraktga aloqador yana bir kishi qo‘lga olinganini bildirmoqda. Gap politsiya qurshovidan chiqib ketishga uringan odam haqida ketayotgani bildirilmoqda.
Ukabir Manlya shahrida ushlandi — qidirilayotgan furgonlardan biri o‘sha yerda topilgan edi.
Kataloniya politsiyasi bir kishi hibsga olinganini tasdiqladi, ammo uning ismini keltirmadi.
Muqaddam Driss Ukabirning surati Ispaniya matbuotida chop etilgan edi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Barselonadagi terakt oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)