Daryo

Barselonadagi terakt ijrochisining shaxsi aniqlandi

Ukabir odamlarni urib yuborgan furgonni boshqargani aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish65 746 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter / @el_pais

Ispaniya matbuotida 17-avgust kuni Barselonada uyushtirilgan terakt ijrochisi deb taxmin qilinayotgan shaxsning surati chop etildi. Bu ma’lumotni politsiya tarqatdi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: Twitter / @el_pais

Erkakning ismi — Driss Ukabir. U teraktda ishtirok etgan ikkinchi furgonni ijaraga olgan.

Ukabir odamlarni urib yuborgan furgonni boshqargani aytilmoqda.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Barselonadagi terakt oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar