Andijon viloyatida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida qimorxona tashkil etish holati aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Asakada yashovchi, 1961-yilda tug‘ilgan B.I., shu tumanda joylashgan “Otalar choyxonasi”da 1990-yilda tug‘ilgan A.O., 1964-yilda tug‘ilgan A.A., 1965-yilda tug‘ilgan A.U., 1961-yilda tug‘ilgan S.D. va 1966-yilda tug‘ilgan T.G.larga o‘rtaga pul tikib, qimor o‘ynashlariga sharoit yaratib bergani aniqlandi.
Ulardan ashyoviy dalil sifatida 4 dona oshiq suyagi, 7 dona yelim stakan, qimorga tikilgan 800 ming so‘mga yaqin pul olindi.
Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmokda.
Izoh (0)