DeLorean kompaniyasi DR-7 birinchi shaxsiy uchar avtomobilini ishlab chiqarish rejalari bilan bo‘lishdi, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”.
DeLorean DR-7 avtomobili 4 ta katta va bir juft kichkina qanotlarga ega. Qurilma vertolyot kabi vertikal holatda havoga ko‘tariladi va qo‘na oladi. Buning uchun uning orqa va oldiga o‘rnatilgan ikkita propelleri bor. Ular yordamida avtomobil havodagi og‘ish burchagini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda kompaniya asoschisining jiyani Pol Delorian Wired nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
DR-7 prototipining uzunligi 9,1 metrga, eni esa 5,6 metrga teng. Faqatgina ikkita yo‘lovchi uchun joy mavjud. Qurilma avtomobil uchun mo‘ljallangan o‘rtacha garajga sig‘ishi kerak. Pol Delorian ushbu qurilmalar bir marta quvvatlantirilganda 193 kilometr masofa bosadigan bo‘lishini istamoqda.
Kompaniya ushbu uchar avtomobilning ishchi prototipini 2018-yilning oxirlarida namoyish etishni rejalashtirmoqda. Biroq hozircha qurilmaning boshqaruv, xavfsizlik va boshqa ko‘plab tizimlari haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)