GM Uzbekistan AJ 2017-yilning yanvar-iyulida Rossiyada 6,22 mingdan ortiq Ravon avtomobillarini sotdi, deb yozadi UzDaily Yevropa biznesi assotsiatsiyasi Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasiga tayanib.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, GM Uzbekistan 2017-yilning iyulida Rossiyada 1,27 mingta Ravon avtomobilini sotdi. Kompaniyaning Rossiya bozoridagi ulushi 2017-yilning yetti oyi yakunlariga ko‘ra 0,7 foizni tashkil qildi.
2017-yilning yanvar—iyul oylari yakunlariga ko‘ra, GM Uzbekistan AJ Rossiyada avtomobil savdosi hajmi bo‘yicha 21-o‘rinni egalladi. GM Uzbekistan modellaridan hech biri hisobot davrida Top-25 bestsellerlar ro‘yxatiga kirmadi.
Izoh (0)