Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ommaviy tartibsizliklar ishtirokchilarini 25 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etishni taklif qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
El Nacional nashri ma’lumotlariga ko‘ra, prezident Maduro mazkur chora ko‘zda tutilgan qonun loyihasini Ta’sis majlisining sessiyasida ilgari surgan.
Maduroning qayd etishicha, mamlakatda davom etayotgan ommaviy tartibsizliklarning barcha ishtirokchilari 15 yildan 25 yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum etiladi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu qonun Venesuelada “tinchlik va ahillik”ni o‘rnatishga yo‘naltirilgandir.
Xabar berishlaricha, prezident tomonidan taqdim etilgan qonun loyihasi Ta’sis majlisi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Izoh (0)