Filippin prezidenti Rodrigo Dutertening rasmiy qarorgohi — poytaxt Maniladagi Malakanang saroyi zilziladan so‘ng evakuatsiya qilindi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Prezident saroyidan tashqari, zilziladan so‘ng mamlakat Tashqi ishlar vazirligi, Oliy sudi, universitet va Qizil Xoch jamiyati qarorgohida ham evakuatsiya tadbirlari bo‘lib o‘tgan.
Takroriy zilzilalar bo‘lishi kutilmoqda, deyiladi mahalliy nashrlarning xabarlarida.
Bugun, 11-avgust kuni Maniladan 130 kilometr janubi-g‘arbda, Lubang orollari hududida 6,6 magnitudali zilzila yuz berdi.
Izoh (0)