AQSh prezidenti Donald Tramp AQShning Shimoliy Koreyaga preventiv zarba berish imkoniyatini muhokama qilishdan bosh tortdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Biz bu haqda hech qachon gapirmaymiz. Hech qachon”, — dedi u AQSh birinchi bo‘lib zarba bera olish-olmasligi haqidagi savolga javoban.
Shu bilan birga, Amerika yetakchisi AQSh fuqarolari va Vashingtonning ittifoqdoshlari xavfsizlikda ekanligini qo‘shib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Koreya xalq armiyasi AQShning Tinch okeanidagi Guam orolida joylashgan harbiy obyektlariga, shu jumladan, B-52 strategik bombardimonchilari joylashgan Andersen aviabazasiga preventiv raketa zarbasini berish rejasini ishlab chiqayotgani xabar berilgan edi.
Keyinroq Pentagon prezident Donald Tramp tegishli buyruq bergan taqdirda, Shimoliy Koreya raketa obyektlariga preventiv zarbalar berish rejasini tayyorlab qo‘ygani ma’lum qilindi.
Shundan keyin KXDR harbiylari Guam orolidagi Amerika harbiy bazalari joylashgan hududga raketali zarba berish rejasini avgust o‘rtalarida ishlab chiqish niyatini ma’lum qildi.
Izoh (0)