• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Testdagi natijasidan qat’i nazar 49 nafar abituriyent davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi

    Tuzatish: Kvota doirasida boshqa raqobatchisi bo‘lmasa ham, 68 balldan kam natijaga ega bo‘lgan abituriyent talabalikka qabul qilinmaydi

    O‘zbekistonning barcha OTMlarda 1-avgust kuni test imtihonlari bo‘lib o‘tdi. “Xushnudbek.uz”ning yozishicha, jami 31 nafar abituriyent hali test javobi chiqmasidanoq davlat granti asosida o‘qishga kirishga ulgurgan.

    Ta’kidlanishicha, joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga 729 947 nafar abituriyent hujjat topshirgan, shulardan 7725 nafari muddatli harbiy xizmatni o‘tagan harbiy imtiyozga ega abituriyentlardir.

    Xabarda aytilishicha, testdagi natijasidan qat’i nazar o‘qishga davlat granti asosida qabul qilingan abituriyentlar fan olimpiadalari g‘oliblari yoki “Zulfiya” mukofoti egalari emas. Ular maqsadli qabul asosida o‘qishga qabul qilinganlar hisoblanadi.

    DTM bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilda o‘rtacha tanlov 1 o‘ringa 11,0 tani tashkil etdi. Lekin ayrim OTMlardagi tanlov birga bir bo‘lgan, ya’ni nechta kvota ajratilgan bo‘lsa, shuncha abituriyent hujjat topshirgan.

    Gap shundaki, joriy yilda nafaqat tibbiyot yo‘nalishlari, balki qishloq xo‘jaligi sohasida ham maqsadli qabul joriy etilgan. Ammo bu haqida deyarli hech qayerda aytilmagan, hech qayerda e’lon qilinmagan. Natijada ko‘pchilik bundan bexabar qolgan. Aholidagi ushbu bexabarlik to‘lqini topshirilgan hujjatlar soniga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.

    Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikalarning texnik servisi” yo‘nalishi bo‘yicha Xorazm va Farg‘ona viloyatlari uchun bittadan davlat grantida o‘rin ajratilgan bo‘lib, shu yo‘nalishga Xorazmdan 1 nafar, Farg‘onadan 1 nafar abituriyent hujjat topshirgan. Bu degani ushbu ikkala abituriyent testda necha ball olishidan qat’i nazar davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi. Chunki ularning boshqa raqobatchisi yo‘q.

    Xuddi shunday holat Irrigatsiya institutining quyidagi yo‘nalishlarida ham uchraydi:

    Yo‘nalish nomiKvota soniAbituriyent

    soni

    1.Hayotiy faoliyat xavfsizligi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)22
    2.Kasb ta’limi: yer tuzish va yer kadastri (Navoiy)22
    3.Kasb ta’limi: yer tuzish va yer kadastri (Andijon)11
    4.Kasb ta’limi: qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish

    (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

    11
    5.Kasb ta’limi: qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish (Andijon)11
    6.Iqtisodiyot (suv xo‘jaligida) (Andijon)11
    7.Menejment (suv xo‘jaligida) (Navoiy)11
    8.Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi (turlari bo‘yicha) (Andijon)11
    Mazkur OTMda jami 10 ta yo‘nalishda kvotalar soni bilan abituriyentlar soni teng bo‘lgan. Ta’lim rus tilida olib boriladigan quyidagi yo‘nalishlarda ham shunday holat kuzatilgan:

    Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish (Navoiy)

    Iqtisodiyot (suv xo‘jaligida) (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

    Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

    Geodeziya, kartografiya va kadastr (suv xo‘jaligida) (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

    Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xo‘jaligida) (Xorazm)

    Gidrotexnika qurilishi (suv xo‘jaligida) (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

    Geodeziya, kartografiya va kadastr (suv xo‘jaligida) (Navoiy)

    Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish (Jizzax)

    Yer tuzish va yer kadastri (Farg‘ona)

    Suv xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)

    Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (Navoiy)

    Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (suv xo‘jaligida) (Navoiy)

    Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (suv xo‘jaligida) (Samarqand)

    Yer tuzish va yer kadastri (Sirdaryo)

    Suv xo‘jaligi va melioratsiya (Sirdaryo)

    Shuningdek, Samarqand qishloq xo‘jaligi institutining “Zootexnika” (Andijon) va “Kasb ta’limi: qishloq xo‘jaligida menejment” (Farg‘ona) yo‘nalishlarida ham shunday holat mavjud.

    Toshkent davlat agrar universitetining “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik” yo‘nalishida Andijon viloyati uchun davlat granti asosida ajratilgan 1 ta o‘ringa ham atigi 1 nafar abituriyent hujjat topshirgan.

    Xushnud Xudoyberdiyevning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilinishicha, 15 nafar abituriyent test natijalaridan qat’i nazar to‘lov kontrakti asosida o‘qishga qabul qilingan.

    Xususan, “Oliy hamshiralik ishi” yo‘nalishi rus guruhlarida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Surxondaryo uchun hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining Namangan viloyati uchun ajratilgan maqsadli qabul kvotalarida ham konkurs 1 ga teng. Eng qizig‘i, Toshkent tibbiyot akademiyasining “Oliy hamshiralik ishi” yo‘nalishi rus guruhida Farg‘ona viloyati uchun 2 ta davlat grantiga o‘rin ajratilgan bo‘lib, unga atigi 1 nafar abituriyent hujjat topshirgan. Konkurs 1 ga emas, yarimga teng.

    O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti “Sport faoliyati: eshkak eshish” yo‘nalishida jami 10 ta o‘rin (2 ta grant, 8 ta kontrakt) ajratilgan bo‘lib, unga jami 10 nafar abituriyent hujjat topshirgan. Bu degani ular orasidan 2 nafari grant, qolgani kontrakt asosida o‘qishga qabul qilindi. Faqat o‘zaro aniqlashtirib olishsa bo‘ldi.

    Xuddi shu institutning "Sport faoliyati: xotin-qizlar sportini rivojlantirish” yo‘nalishi bo‘yicha rus tili guruhlarida Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Surxondaryo hududlari uchun taqsimlangan kvotalarda ham xuddi shunday holat, ya’ni, konkurs birga teng. “Sport faoliyati: xotin-qizlar sportini rivojlantirish” yo‘nalishi bo‘yicha rus guruhiga Samarqand viloyatiga 4 ta o‘rin ajratilgan (2 ta grant, 2 ta kontrakt) bo‘lib, unga bor-yo‘g‘i 3 nafar abituriyent hujjat topshirgan.

    Qolgan oliygohlardan farqli o‘laroq, ya’ni maqsadli qabul belgilanmagan Milliy rassomlik va dizayn institutining “Rangtasvir: multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi” yo‘nalishida ham 3 ta baxtli abituriyentni ko‘rish mumkin. Ushbu yo‘nalishning rus guruhida 3 ta kvota (1 ta grant, 2 ta kontrakt) uchun 3 ta abituriyent hujjat topshirgan. Faqat ularning “kurashi” 1 ta grant o‘rniga bo‘ladi xolos. Kontrakt esa naqd.

    10.08.2017, 10:07   Izoh (0)   55794
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yunusobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi ishga taklif qiladi

    10.08.2017, 09:12

    Talaba bo‘lishni istaganlar uchun institutga bepul tayyorlanish imkoniyati yaratildi

    10.08.2017, 09:04

    Eng yaxshi an'analar asosida tayyorlangan nonlar!

    10.08.2017, 09:02

    Qoraqalpog‘iston kengliklarida qulonlar paydo bo‘ldi

    10.08.2017, 08:50

    Toshkent metropoliteni 2030-yilgacha yana 10 ta yangi bekat qurishni rejalashtirmoqda

    09.08.2017, 19:58

    Buxoroning betakror videotaklifnomasi, Damas’da tiriklayin yonib ketgan to‘rt kishi, Orenburgda avariyaga uchragan o‘zbekistonliklar va kunning boshqa muhim xabarl...

    09.08.2017, 19:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropaning beshta mamlakati o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda Yevropa Ittifoqidan yordam so‘radi

    Dunyo | 14 avgust, 19:45

    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

    Reklama | 14 avgust, 19:30

    Rossiyada shifokorlar boshiga 12 santimetrli mix kirgan bemorni hayotini saqlab qolishdi

    Dunyo | 14 avgust, 19:35

    Yakka tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:25

    “Afrosiyob” poyezdi relsiga beton tashlab, qo‘poruvchilik qilgan temiryo‘lchilar uzoq muddatga qamaldi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:12

    Ukraina dronlar bilan Rossiyaning Rostov va Belgorod shaharlariga zarbalar berdi

    Dunyo | 14 avgust, 19:10

    Navoiyda ko‘chalarda drift qilgan “yo‘l polvoni” qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:00

    Anjelina Joli josus rolida: “Janob Smit va Smit xonim” rejissyori yangi film suratga oladi

    Kino | 14 avgust, 18:55

    Melaniya Tramp Baydenning o‘g‘lini sudga berishi mumkin

    Dunyo | 14 avgust, 18:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.