Xalqaro press-klubning 9-avgustda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida O‘zbekiston temir yo‘llari tizimi va Toshkent metropoliteni faoliyati yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ishtirok etgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Oybek Xudoyqulovning ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda Toshkent metropoliteni “Toshshahartransxizmat” bilan hamkorlikda metro va jamoat transportida elektron to‘lov kartalarini joriy etish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Ayni vaqtda elektron kartalardan foydalanish mumkin bo‘lgan turniket Toshkent metrosining “Mustaqillik maydoni” bekatida o‘rnatilgan. Hozirda mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlangan elektron kartalar sinovdan o‘tkazilmoqda.
Bir vaqtning o‘zida “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasining rahbari hisoblangan Oybek Xudoyqulovning aytishicha, bu borada bir qator mamlakatlar tajribasi o‘rganib chiqilgan. Sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, elektron kartalardan foydalanish boshqa bekatlarda ham joriy etilishi rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)