Yakkasaroy tumanida 200 ming so‘m pul evaziga fuqarolarning jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
2017-yilning 5-avgust kuni, taxminan, soat 22:00 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvchi Davron Mahmudov o‘z xonadonida fohishaxona saqlab, 200 ming so‘m pul evaziga fuqaro “K” va “E” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)