Meksika federal sudi AQSh kartoshka importiga taqiq qo‘yuvchi qarorni qabul qildi. Bu haqda AP agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ta‘kidlanishicha, kartoshka yetishtiruvchilar guruhi Amerika kartoshkasi qishloq xo‘jaligi ekinlari orasida kasalliklarni keltirib chiqarayotgani sabab, konstitutsion taqiq joriy qilinishi uchun harakat qilishgan.
Sud qaroriga ko‘ra, taqiq “meksikaliklarning oziq-ovqat suverenitetiga bo‘lgan jamoaviy huquqini hamda maydonlarni saqlab qolish”ga yo‘naltirilgan.
Izoh (0)