Amerikalik harbiylar “Ash-Shabob” terrorchilik tashkilotining yuqori martabali “dala qo‘mondonlari”dan birini yo‘q qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
AQSh Qurolli kuchlarining Afrika qo‘mondonligi bayonotiga ko‘ra, jangarilarga qarshi qaratilgan zarba 30-iyul kuni Somali janubiga berilgan.
Zarba oqibatida Ali Jabal taxallusi bilan tanilgan Muhammad Husayn yo‘q qilingan. Tinch aholi vakillari orasida qurbonlar yo‘qligi aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ali Jabal “Ash-Shabob”ning Mogadisho va Banadir viloyatlaridagi jangarilariga rahbarlik qilgan, poytaxt Mogadisho hujumlarni uyushtirgan.
Mart oyi oxirida AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik harbiylarning “Ash-Shabob” terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashdagi vakolatlarini oshirish haqidagi hujjatlarni imzolagan edi.
Somalida faoliyat olib boruvchi “Ash-Shabob” terrorchilik tashkiloti “Al-Qoida” bilan yaqin aloqaga ega, deb hisoblanadi. Tashkilot 2008-yili AQSh tomonidan terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Izoh (0)