“Ash-Shabob” terrorchilik tashkiloti jangarilari Somali janubidagi shaharni egallab oldi. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, jangarilar hujumi arafasida shaharni harbiylar va Afrika Ittifoqi missiyasi tinchlikparvar kuchlari (AMISOM) tark etgan edi.
Reuters agentligi xabariga ko‘ra, gap mamlakat poytax’ti Mogadisho shahridan 130 kilometr masofada joylashgan Ligo (Leego) shahri haqida bormoqda.
Shahar fuqarolaridan birining ma’lum qilishicha, AMISOM va Somali armiyasi shaharni juma kuni tongda tark etgan. Shu zahoti shaharga “Ash-Shabob” jangarilari kirib kelgan.
“Shahar hozircha tinch, uning har bir qismida jangarilarni uchratish mumkin”, — dedi agentlik suhbatdoshi. Harbiylar shaharni nima sababdan tark etgani hozircha noma’lum.
Somalida faoliyat olib boruvchi “Ash-Shabob” terrorchilik tashkiloti “Al-Qoida” bilan yaqin aloqaga ega, deb hisoblanadi. Tashkilot 2008-yili AQSh tomonidan terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgan.
Izoh (0)