Rossiyaning joriy yil birinchi yarmida Suriyadagi yo‘qotishlari Mudofaa vazirligi rasmiy ma’lumotlaridan to‘rt marotaba ortiq. Bu haqda halok bo‘lganlarning qarindoshlari va do‘stlari bilan muloqotda bo‘lgan Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
Agentlikka ko‘ra, yil boshidan beri Suriyada 40 nafar rossiyalik, jumladan, 17 nafar harbiy xizmatchi va xususiy harbiy kompaniyalarning 21 jangchisi halok bo‘ldi. Yana ikki qurbonning qaysi toifaga mansubligini aniqlashning imkoni bo‘lmadi.
Mudofaa vazirligi rasman atigi 10 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Shu tariqa Rossiyaning joriy yil yarmidagi yo‘qotishlari Suriyada operatsiya boshlanganidan (2015-yil sentabridan) beri halok bo‘lganlar sonidan oshib ketdi. 2017-yilga qadar bu yerda 36 harbiy va jangchi hayotdan ko‘z yumgandi.
Izoh (0)