AQSh prezidenti Donald Tramp o‘g‘li kichik Donaldning Rossiyalik yurist Natalya Veselnitskaya bilan uchrashuvi tafsilotlari bayon qilingan matbuot uchun bayonotini o‘zi aytib yozdirgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Mazkur bayonot “chalg‘ituvchi tusda” bo‘lgani bildirilmoqda.
OAVda kichik Donald yurist bilan uchrashgani haqida ma’lumot paydo bo‘lganida prezident maslahatchilari bu boradagi yangi tafsilotlar oshkor bo‘lmasligi uchun uning o‘g‘li Veselnitskaya bilan uchrashuvi haqida haqiqatni aytishini taklif etgandi. Biroq oradan bir necha soat o‘tib prezident ko‘rsatmasiga muvofiq “reja o‘zgaradi”.
Gazetaga ko‘ra, 8-iyul kuni, Germaniyadan qaytayotganda Tramp o‘g‘lining bayonotini shaxsan aytib yozdirgan. Unda kichik Donald va Veselnitskaya birinchi galda “Rossiyalik bolalarni asrab olish muammosini muhokama qilgani”, uchrashuv chog‘ida saylov kampaniyasiga oid masalalar ko‘rib chiqilmagani ta’kidlangan.
Izoh (0)