Peruning And tog‘larida alpinistlar guruhi halok bo‘ldi. Ularning ikkisi Chili, biri Rossiya fuqarosi ekanligi bildirilmoqda, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.
Tog‘ yo‘l ko‘rsatuvchilari assotsiatsiyasi rahbari Rafael Figeroaga ko‘ra, hodisaga Piramida cho‘qqisiga ko‘tarilish chog‘ida ko‘chki yuz bergani sabab bo‘lgan. Alpinistlar o‘zlari bilan hamrohlikka tajribali yo‘lko‘rsatuvchi olmagani fojiadan qutulib qolishga xalaqit bergan.
Hodisa olis hududda sodir bo‘lgani tufayli jasadlarni olib kelish bo‘yicha operatsiya endi boshlandi.
Izoh (0)