Germaniya janubidagi bolalar lageriga dovul yopirilishi oqibatida kamida bir bola halok bo‘ldi, 4 nafari yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa 2-avgust, chorshanbaga o‘tar kechasi Baden-Vyurtemberg federal yeridagi Rikenbax shahri yaqinida ro‘y berdi. 21 nafar bola va 4 nafar tarbiyachidan iborat guruh ochiq osmon ostida chodirlardan iborat lager tikladi.
Tungi payt bo‘ron boshlandi va lager hududidagi daraxtlardan birini yashin urib, chodirga quladi. Jarohat olgan bolalardan birining holati og‘ir ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)