Xelsinki markaziy ko‘chalalaridan birida avtomobilning yo‘lkada turgan piyodalarga kelib urilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 4 kishi yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Yaradorlar kasalxonaga yetkazildi. Shuningdek, hodisada yana bir necha kishi yengil jarohat oldi.
Politsiyaga ko‘ra, haydovchi mast holatda bo‘lgan bo‘lishi mumkin. U qo‘lga olindi. Mashinani 50 yoshli fin boshqargan.
Hodisaning terrorizmga aloqasi yo‘qligi bildirilmoqda.
Izoh (0)