Pentagonda ma’lum qilinishicha, KXDR tomonidan uchirilgan qit’alararo ballistik raketa 1000 kilometrga yaqin parvoz qilgan va yapon iqtisodiy zonasiga borib qulagan. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Pentagon vakili kapitan Jeff Devisning so‘zlariga ko‘ra, raketa KXDRning shimoliy qismidan uchirilgan.
Shuningdek, uning ta’kidlashicha raketalar Shimoliy Amerika uchun xavf tug‘dirmaydi.
Avvalroq, Shimoliy Koreya yana bir ballistik raketani uchirgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)