Nukus shahrida zamonaviy televizor va konditsionerlar ishlab chiqaradigan korxona ishga tushadi. Bu haqda “KRuz.uz” ma’lum qildi.
Korxonada Artel, Samsung, Shivaki brendlari ostida yiliga 150 mingta zamonaviy televizor va split-tizimlar ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20—21-yanvar kүnlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qilgan tashrifi davomida 18 ta loyihani amalga oshirish, ular qatori yiliga 150 mingta televizor ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan 19 milliard so‘mlik loyihani ishga tushirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.
Bu ko‘rsatmada mahsulotlar bahosini arzonlashtirish, ularni eksportga yo‘naltirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, korxona ishiga kollej bitiruvchilarini tortish nazarada tutilgan.
Vazifalar bajarilishini taminlash maqsadida Nokis RemMash MCHJga bino ajratilib, jamiyat tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga loyiha pasporti taqdim etildi.
Izoh (0)