• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bosh prokuratura: Gulnora Karimovaga nisbatan ikkita jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

    2013-yil 24-oktyabrda Terra Group MChJ, Prime Media MChJ, Gamma Promotion MChJ faoliyatida soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Mazkur jinoyat ishini tergov qilish davomida Gulnora Karimova, 1972-yil 8-iyulda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, Siyosiy tadqiqotlar markazi direktori lavozimida ishlagan, Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Y. G‘ulomov ko‘chasi, 77“a”-uyda ro‘yxatda turgan, 2001—2012-yillarda N. Sodikov, 2013-yilning yanvar oyidan oktyabr oyiga qadar R. Madumarov rahbarlik qilgan uyushgan guruhning jinoiy faoliyatiga bevosita ko‘maklashib kelganligi aniqlangan.

    Jumladan, G. Karimovaning nazorati ostida va ko‘magida uyushgan jinoiy guruh a’zolari 2001—2013-yillarda quyidagi bir qator jinoyatlarni sodir etishgan, xususan:

    — fuqarolar va tadbirkorlarning 54,1 milliard so‘mlik pul mablag‘lari, aksiyalari, ulushlari va mulkiy obyektlarini tovlamachilik yo‘li bilan egallash (G. Gaibnazarovning “Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi” OAJ va “Angren-sement” MChJdagi 4,1 milliard so‘mlik aksiyalari, 4 million AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘lari, 17,3 milliard so‘mlik 2 ta kvartirasi, 4 uy-joyi (hovli) va 8 ta avtomashinasi, Sh. Ahmedovning KOLORPAK va “Nashriyot uyi tasvir” MChJdagi 1,9 milliard so‘mlik ulushi va boshqalar);

    — turli korxonalardagi davlatga tegishli aksiyalar va ulushlarni sotib olish, mulkiy obyektlarni xususiylashtirish va mahsulotlarni past narxlarda sotishda 344,6 milliard so‘mlik davlat mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish (“O‘zdunrobita” QKdagi 131,9 milliard so‘mlik (49%), “Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan LTD” MChJ shaklidagi QKdagi 14,6 milliard so‘mlik (67,1%), Rubicon Wireless Communication MChJ shaklidagi QKdagi 9,6 milliard so‘mlik (30%) davlat ulushi, 20,4 milliard so‘mlik 50 ta ko‘chmas mulk obyektlari va boshqalar);

    — daromadlarni (1 trillion 570,3 milliard so‘m), ko‘rsatilgan xizmatlar, ishlar va sotilgan mahsulotlardan tushumlarni (253,9 milliard so‘m) kamaytirib ko‘rsatish, imtiyozlarni noqonuniy qo‘llash (266,2 milliard so‘m), tekinga xizmat ko‘rsatish, ortiqcha asosiy vositalar shaklida soliqqa tortish bazasini kamaytirish va boshqa yo‘llar bilan (994,3 million so‘m) uyushgan jinoiy guruh nazoratidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va offshor kompaniyalar faoliyatida 2 trillion 91,4 milliard so‘mlik soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash;

    — jinoiy javobgarlikdan bo‘yin tovlash maqsadida uyushgan guruh nazoratidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va offshor kompaniyalari faoliyati bilan bog‘liq hujjatlarni nobud qilish, ularga shikast yetkazish va ularni yashirish.

    Ushbu epizodlar bo‘yicha Gulnora Karimovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qator moddalari (165, 167, 179, 184, 227 va boshqalar) bilan ayblov e’lon qilingan.

    Gulnora Karimovaning ushbu jinoyatlarni sodir etishdagi aybi uyushgan jinoiy guruh a’zolari N.Sodikov, R.Madumarov, Sh. Sabirov va boshqalarning, guvohlar, jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlari, uyushgan guruh nazoratidagi 45 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar va 16 ta offshor kompaniyalar faoliyatini tekshirish materiallari, olingan yozma va ashyoviy dalillar, ekspertiza xulosalari hamda ish bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topgan.

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2015-yil 21-avgustdagi hukmi bilan Gulnora Karimova ayblanayotgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan va unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

    Bundan tashqari, Gulnora Karimovaga nisbatan uyushgan jinoiy guruhga quyidagi jinoyatlarni sodir etishga ko‘maklashish holatlari bo‘yicha alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda:

    — davlat organlari vakolatlarini asossiz o‘zlashtirgan holda, radiochastota resurslari va yer uchastkalarini noqonuniy realizatsiya qilishda firibgarlik (595 million AQSh dollar yoki 866,7 milliard so‘m), xizmatlarga haq to‘lashda mobil aloqa operatorlari abonentlaridan qo‘shimcha to‘lovlarni asossiz undirish (390 milliard so‘m) yo‘li bilan o‘zganing 1 trillion 256,7 milliard so‘mlik mol-mulkini egallash;

    — turli shaxslarning manfaatlarini “ilgari surish” uchun uyushgan jinoiy guruhning offshor kompaniyalari hisob raqamiga “bo‘naklar” olish (869,3 million AQSh dollar va 29 million yevro), radiochastota va yer uchastkalarini noqonuniy sotish (520 million AQSh dollar), ulushlarni sotish va dividendlarni to‘lash niqobi ostida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni chet elga olib chiqib ketish (439,6 million AQSh dollar), naqd pul mablag‘larini noqonuniy olib chiqib ketish (98 million AQSh dollar), naqd pul tushumlarini inkassatsiya qilmaslik (11,2 million AQSh dollar), eksport qilingan tovarlar va xizmatlar tushumidan majburiy 50% lik sotuvni amalga oshirmaslik (4,6 million AQSh dollar), tovarlarni sun’iy oshirilgan narxlarda import qilish (129,7 ming AQSh dollar va 45,8 ming yevro) yo‘li bilan 1 milliard 942,8 million AQSh dollar va 29,1 million yevro miqdoridagi xorijiy valyutani yashirish;

    — deklaratsiyalarda import qilingan tovarlar miqdorini to‘liq ko‘rsatmaslik va ularning narxini kamaytirib ko‘rsatish (386,3 milliard so‘m), olib chiqilgan naqd xorijiy valyutani bojxona nazoratidan yashirish (98 million  AQSh dollar yoki 209,4 milliard so‘m), eksport qilingan mahsulot qiymatini pasaytirib ko‘rsatish (11,9 milliard so‘m) yo‘li bilan jami 607,6 milliard so‘mga bojxona qonunchiligini buzish;

    — tovarlarni sotish, bajarilgan ishlar va xizmatlardan tushumlarni inkassatsiya qilmaslik (294,9 milliard so‘m), pul mablag‘larini noqonuniy naqdlashtirish (278 milliard so‘m) yo‘li bilan jami 572,9 milliard so‘mga savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish;

    — hujjatlarni qalbakilashtirish va ulardan uyushgan guruhning jinoiy faoliyatiga qonuniy tus berish maqsadida foydalanish;

    — turar va noturar obyektlarni, boshqa mol-mulklarni sotib olish, uyushgan jinoiy guruh nazoratidagi offshor kompaniyalar o‘rtasida soxta kontraktlar bo‘yicha pul o‘tkazmalarini amalga oshirish yo‘li bilan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish.

    Ushbu holatlar bo‘yicha G. Karimovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168, 178, 182, 189, 228 va 243-moddalari bilan ayblov e’lon qilingan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    Karimovaga ayblov ish bo‘yicha to‘plangan dalillar, shu jumladan, uyushgan jinoiy guruh a’zolari, guvohlar, jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlari, uyushgan guruh nazoratidagi 14 ta firma va 16 ta offshor kompaniyalar faoliyatini tekshirish materiallari, olingan yozma va ashyoviy dalillar, ekspertiza xulosalari asosida e’lon qilingan.

    Qayd etilgan 2 ta jinoyat ishi bo‘yicha davlat va fuqarolar manfaatlariga yetkazilgan zararning umumiy summasi 1 trln. 270 mlrd. 200 million so‘m, 1 mlrd. 651,8 million AQSh dollar, 26,1 million yevro (milliy valyutada jami 3 trln. 746,8 million so‘m)ni tashkil etadi.

    Tergov materiallari bo‘yicha hozirda 12 ta xorijiy mamlakatlar hududida uyushgan jinoiy guruhning 1 mlrd. 394,1 million AQSh dollar, 63,5 million yevro, 27,1 million funt va 18,5 million frank miqdordagi legallashtirilgan mablag‘lari aniqlangan, shu jumladan:

    Shveysariyada — 777,8 million AQSh dollar miqdorida pul mablag‘lari va Koloni shahrida narxi 18,5 million frank bo‘lgan ko‘chmas mulk (villa);

    Shvetsiyada — 30 million AQSh dollar miqdorida pul mablag‘lari;

    Buyuk Britaniyada — 4,2 million funt miqdorida pul mablag‘lari, London shahrida umumiy narxi 22,9 million funtlik uy-joylar, kvartiralar va villalar;

    Fransiyaning Parij shahrida — kvartiralar va Shato de Grussi qasri, Santrope shahrida — villa (umumiy narxi 52,5 million yevro);

    Latviyada — 16,5 million AQSh dollar miqdoridagi pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar, Riga shahrida park hududidagi umumiy narxi 9 million yevro bo‘lgan ko‘ngilochar markaz;

    Irlandiyada — 300 million AQSh dollar miqdoridagi pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar;

    Malta orolida — narxi 48,8 million AQSh dollar bo‘lgan samolyot;

    Germaniyada — 2 million yevro miqdoridagi pul mablag‘lari;

    Ispaniyada — 82 ming AQSh dollar miqdoridagi pul mablag‘lari;

    Rossiyada — 6 million AQSh dollar miqdoridagi pul mablag‘lari, umumiy narxi 2 million AQSh dollar bo‘lgan Moskva shahri “Kamelot” turar joy kompleksidagi “pentxaus”, “Rublyovka” massividagi hashamatli turar joy va 8 ta kvartira, Yalta shahridagi mehmonxona kompleksi, turar joy va yer uchastkasi;

    Gonkongda — 67 million AQSh dollar miqdoridagi pul mablag‘lari, The Arch osmono‘par binosida narxi 15 million AQSh dollar bo‘lgan “pentxaus”;

    Birlashgan Arab Amirligida — 32 million AQSh dollar miqdoridagi pul mablag‘lari, 31,5 million AQSh dollar miqdoridagi oltin va oltin sertifikatlari, Dubay shahrida umumiy narxi 67,4 million AQSh dollar bo‘lgan “pentxaus”, 2 ta villa va 2 ta mehmonxona komplekslari aniqlangan.

    Xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlariga tergov organlarining uyushgan jinoiy guruhning yuqorida qayd etilgan aktivlarini xatlash to‘g‘risidagi qarorlari yuborilgan.

    Hozirgi kunda uyushgan jinoiy guruhning boshqa aktivlarini aniqlash va ularni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha tezkor-tergov tadbirlari davom ettirilmoqda.

    28.07.2017, 11:19   Izoh (0)   590785
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    NANO-PLAST — zamonaviy, xavfsiz hamda hamyonbop penoplastlar

    28.07.2017, 10:41

    Pedagogika OTMlarida abituriyentlar bilan ijodiy suhbatlar joriy qilinadi

    28.07.2017, 10:31

    Talabalar uchun yashash joyi bo‘yicha soddalashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tish joriy qilinadi

    28.07.2017, 10:17

    Shavkat Mirziyoyev “Iste’dod” jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarini tasdiqladi

    28.07.2017, 10:06

    Abituriyent—2017: Ona tili va adabiyot fanidan murakkab testlar (16-sinov)

    28.07.2017, 09:20

    Mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda korxonalar ishtiroki kengayadi

    28.07.2017, 08:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyalik ayol eriga giyohvand moddalar sotib olish uchun ish joyidan 260 ming dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 19 iyun, 23:55

    “ChatGPT’dan foydalanish insonning aqliy qobiliyatlarini pasaytiradi” — tadqiqot

    Dunyo | 19 iyun, 23:45

    “AQSH va Eron Isroil hujumlari boshlanganidan so‘ng bevosita muzokaralar olib borgan” — OAV

    Dunyo | 19 iyun, 23:35

    CBS: Tramp Fordodagi uran boyitish markaziga zarba berishi mumkin

    Dunyo | 19 iyun, 23:25

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Al-Ahli”ni mag‘lub etdi

    Sport | 19 iyun, 23:15

    Adolat qaror topdi: qashqadaryolik fermerning bank sotib yuborgan haydov traktori qaytarib beriladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 19-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 19 iyun, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.