Buxoro viloyatida Davlat test imtixonlari savollarini ishlab berishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi, deb xabar berdi Buxoro Viloyati IIB matbuot xizmati.
Buxoro viloyati Olot tumani yashovchi Buxoro Muhandislik va Texnologiya instituti ilmiy xodimi J.Yoqubov ushbu institutning 1-bosqich talabasi Elyor Davronov bilan oldindan jinoiy til biriktirib, fuqaro O.Qulmurodovani 400 AQSh dollari evaziga Buxoro Muhandislik va Texnologiya institutida bo‘lib o‘tadigan Davlat test sinovlari vaqtida test sinovlarini yechib berishni va’da qilib, oldindan 100 AQSh dollarini olayotgan vaqtda daliliy ishyo bilan qo‘lga olindi.
Xuddi shuningdek, Shofirkon tumanda yashovchi, Buxoro ta’mirlash mexanika zavodidada muhandis bo‘lib ishlaydigan A.G‘afurov sherigi E.Qayimov bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Buxoro shahrida yashovchi G.Qurbonovani 4300 AQSh dollari evaziga Buxoro Davlat Universitetida bo‘lib o‘tadigan Davlat test sinovlari vaqtida test sinovlarini yechib berishni va’da qilib, 4300 AQSh dollarini olayotgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan ushlangan.
Ushbu holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)