Singapur hukumati “Temiryo‘l yo‘lagi”ni yaratish loyihasi doirasida nur sochuvchi yo‘lakni foydalanishga topshirdi. Yo‘lakni qurishda stronsiy alyuminat ishlatilgan bo‘lib, uning tarkibida kunduz kuni ultrabinafsha nurlarni yutib, kechasi yorug‘lik sochadigan xususiyatga ega moddalar mavjud, deb xabar berdi TJournal.
Yo‘lak 12-iyul kuni ochildi. Hozirda hukumat qanday yo‘l qoplamalari eng xavfsiz ekanligini aniqlamoqda va tashrif buyuruvchilarning fikrini tinglamoqda. Yo‘lakning uzunligi 100 metr, biroq g‘oya muvaffaqiyatli chiqsa u 24 kilometrga uzaytiriladi.
“Temiryo‘l yo‘lagi” orolning shimolidan boshlanib shahar markazida tugaydi. Avvaliga uning joyida Singapurni Malayziya bilan bog‘lab turuvchi temiryo‘l bo‘lgan va u 2011-yilda yopilgan.
Izoh (0)