Venesuelada 30-iyulda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Konstitutsiyaviy assambleyaga saylovlar arafasida AQSh rasmiylari amerikalik diplomatlar oilalari mamlakat poytaxtini tark etishiga ko‘rsatma berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Elchixona xodimlariga ham Karakasdan ketishga ruxsat berildi. Davlat departamenti AQSh fuqarolarini Venesuelaga borishdan tiyilishga chaqirdi.
Oldinroq IIV rahbari Nestor Reverol 28-iyuldan 1-avgustgacha mamlakatda saylovlar o‘tkazilishiga xalal berishi mumkin bo‘lgan ko‘cha aksiyalari man etilishini ma’lum qilgandi.
Bunga rioya etmaganlar 5 yildan 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Biroq muxolifat mazkur taqiqqa amal qilish niyatida emas.
Izoh (0)