“Motor” nashri oddiy avtomobillarning kuchli versiyalari haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Kia cee’d GT
2013-yilda Kia kompaniyasi Jenevadagi avtosalonda kichik inqilobni amalga oshirdi — yangi cee’d GT va pro_cee’d GT Koreyadan birinchi bor jahon bozoriga chiqqan “qaynoq” xetchbeklarga aylandi. Avtomobil to‘rt silindrli 1,6 litrli dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, 205 ot kuchiga ega. Yuz kilometr tezlikka 7,9 soniyada chiqadi.Infiniti FX50S Sebastian Vettel
Bundan besh yil oldin Red Bull Racing jamoasi Infiniti bilan hamkorlikda Infiniti FX50S yo‘ltanlamasini ishlab chiqara boshlagan. Ushbu tiraj cheklangan bo‘lib, 200 dona nusxada ishlab chiqarilgan. Avtomobilga o‘rnatilgan V8 dvigateli 420 ot kchiga ega bo‘lib, maksimal tezligi soatiga 300 kilometrni tashkil etadi. Uning narxi 115 ming yevro turgan.Dodge Caliber SRT4
Caliber Dodge’ning Yevropa bozoridagi ommaviy ravishda sotilishi kerak bo‘lgan birinchi modeli edi. Biroq uning ochiq-oydin ko‘rinib turgan arzon saloni, dvigatelining kuchi va boshqaruvidagi ortiqcha muammolar kutilgan natijani bermadi. 2,4 turbo dvigatel 295 ot kuchiga ega bo‘lib, maksimal tezligi 245 kilometr/soatga teng. Yuz kilometr soatga 6,7 soniyada chiqadi.Renault Sandero R.S.
Sandero R.S.’ning 2 litrli dvigateli 145 ot kuchiga ega bo‘lib, 100 kilometr/soat tezlikka 8,4 soniyada erishadi. Maksimal tezligi esa 200 kilometr/soatga teng.GMS Syclone/Typhoon
Garrett turbinali V6 dvigateli 280 ot kuchiga ega bo‘lib 100 kilometr/soatga 5 soniyada chiqa oladi.Lotus Omage
Ikkita puflagichga ega olti silindrli dvigatel 1990-yilgi o‘lchovlar bo‘yicha 377 ot kuchiga ega bo‘lgan. Corvette ZR-1’ning uzatmalar qutisi yordamida sedan 100 kilometr/soatga 4,8 soniyada erishgan. Maksimal tezligi 277 kilometr/soatga teng.Volkswagen up! FTi
115 kuchga ega up! Gti 100 kilometr/soatga 8,8 soniyada erishadi va uning maksimal tezligi 197 kilometr/soatni tashkil etadi.
Izoh (0)