“MAKS — 2017” avtosalonida yangi zirhlangan Buran nomli avtomobil taqdim etildi. Mashina to‘rt oy ichida yig‘ilgan. Bu haqda Motor xabar berdi.
Buran’ning uzunligi olti metrni, vazni 8,8 tonnani tashkil qiladi. Himoya tizimi avtomobilni har qanday masofa va patrondan otilgan o‘qdan himoya qiladi.
Avtomobilda to‘rtta jangchining har biri uchun alohida eshik ajtratilgan. Bundan tashqari, salon tuzilishini osonlik bilan o‘zgartirish mumkin. Avtomobilga jami 10 kishi joylashadi.
To‘rt silindrli dizel dvigateli 135 ot kuchiga ega. Yangi mashinaning to‘liq quyilgan yoqilg‘i bilan yurish masofasi 1400 kilometrni tashkil qiladi.
Izoh (0)