Yevro banknotalari orasida noyob deya hisoblab, kolleksionerlar orasida uning uchun katta miqdorda pul to‘lashga tayyor turganlar bor, deb xabar berdi “Fotoshedevri”.
50 yevrolik banknota — bu kabi banknotalarning ayrimlari himoya tasmasida xato ma’lumot bilan chiqqan. Buni aniqlash uchun ushbu miqdordagi pulni yorug‘likka tutib ko‘rish kerak. Agarda 50 yevrolik nominalning himoya tasmasida 100 yevro deb yozilgan bo‘lsa, demak sizga omad kulib boqdi. Xususiy kolleksionerlar uni o‘z qiymatidan yetti barobar qimmatroqqa sotib olishga tayyor.
100 yevro — ushbu banknota ham tartibsiz kesilgan holda chiqarilgan. Uning uchun o‘z qiymatidan uch barobar ko‘proq pul to‘lashga tayyor kimsalar ko‘plab topiladi.
5 yevrolik banknotalarda seriya raqamining beshtasi ketma-ket bir xil bo‘lib qolsa, uning uchun o‘z qiymatidan 20 barobar ko‘proq pul ishlab olishingiz mumkin.
Izoh (0)