Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida 2017-yil 19-iyul kuni, IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida o‘z uyida qimorxona tashkil etgan ayol aniqlandi, deb xabar berdi Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati.
Beshariq shahrida yashovchi, O.Rizayeva yashash xonadonida noqonuniy ravishda mahalladoshlari J.G‘iyosov, Sh.Karimov va K.Nosirovga (ism-shariflar o‘zgartirilgan) qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlanib, ulardan 4 dona oshiq va 259 ming so‘m pul daliliy ashyo tariqasida olingan.
Hozirda IIB xodimlari tomonidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)