Andijon viloyati IIB hamda Baliqchi tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida jami 42 gramm marixuana giyohvand moddasini 175 000 so‘mga sotayotgan Baliqchi tumani Eski Haqqulobod QFYda yashovchi 1985-yilda tug‘ilgan fuqaro M. O. qo‘lga olindi. Bu haqda Andijon viloyati IIB ma’lum qildi.
Shuningdek, fuqaro yashash uyining omborxonasida 390 gramm marixuana giyohvand moddasini noqonuniy saqlayotgani aniqlangan. Tadbir davomida jami 432 gramm marixuana giyohvand moddasi daliliy ashyo sifatida olingan.
Hozirgi vaqtda holat yuzasidan Baliqchi tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)