AQSh immigratsiya xizmati jinoiy guruhlarga a’zo o‘smir yoshidagi noqonuniy muhojirlarni aniqlab, deportatsiya qilish uchun reydlar o‘tkazmoqda. Bu haqda, xizmatning ichki hujjatiga asoslanib, Reuters agentligi xabar bermoqda.
Qayd etishlaricha, jinoiy to‘dalarga aloqadorligi aniqlangan o‘smirlar qo‘lga olinganidan keyinoq deportatsiya qilinishi mumkin.
Baraka Obama prezidentligi davrida bunday ayblov bilan qo‘lga o‘smirlar ularning aybi isbotlanganidan keyingina deportatsiya qilinardi, deb yozadi “Kommersant”.
Izoh (0)