So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 21-iyul, juma kuni AQSh tomonidan Afg‘onistonning Hilmand viloyatiga berilgan aviazarba oqibatida Afg‘oniston politsiyasining 16 nafar xodimi halok bo‘lgan. Bu haqda g‘arb OAVlariga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.
“16 nafar politsiyachi, jumladan, 2 nafar qo‘mondon halok bo‘ldi. Jarohat olganlar bor”, — deya ma’lum qildi Hilmand politsiyasi vakili Salyam Afg‘on.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, aviazarbaning nishoni aholi punktlaridan biridagi “Tolibon”ning pozitsiyasi bo‘lgan. Afg‘on xavfsizlik kuchlari isyonchilarni o‘z pozitsiyasidan chiqarib yuborishga erishdi. Biroq amerikalik harbiylarni bu haqda xabardor qilishga ulgurishmagan ko‘rinadi, shuning uchun havo zarbasi politsiyachilarga to‘g‘ri kelib qolgan.
Izoh (0)