Rejissor Aziz Rametovning “Arslon izidan” filmi iyul oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Iyul oyining uchinchi haftasi kinoreytingida “Arslon izidan” filmidan keyingi o‘rinlarni Azamat Ahrorovning “Qaysarginam 2”, Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimovlarning “Ahmadboy va Rahmatboy”, Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi”, Jahongir Ahmedovning “Onam bilmasin” filmlari band etgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Qobiliyat”, “Begunoh”, “Voy dod 2”, “Shikast”, “Ahmadboy va Rahmatboy” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.
10-iyul — 16-iyul oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari
1-o‘rin. “Arslon izidan” (jangari, drama)Rejissor – Aziz Rametov2-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya)Rejissor – Azamat Axrorov
3-o‘rin. “Ahmadboy va Rahmatboy” (komediya)Rejissor – Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimov
4-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya)Rejissor – Otabek Mirzaxolov
5-o‘rin. “Onam bilmasin” (komediya)Rejissor — Jahongir Ahmedov
Izoh (0)