Kevin Speysi “Qartali uy” serialidagi roli uchun faoliyati davomida o‘ninchi bor “Emmi” telemukofotiga da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Speysi oldingi sakkizta nominatsiyaning birortasida (to‘rttasi bosh erkak roli uchun va yana shuncha prodyuser sifatida) mukofotga ega chiqmagandi. 2008-yili “Qayta hisob” filmida ham uning omadi chopmagandi.
“Dramatik serialdagi eng yaxshi erkak roli” toifasida Kevin Speysiga Entoni Xopkins (“Yovvoyi G‘arb olami”), Bob Odenkyork (“Yaxshisi, Solga qo‘ng‘iroq qiling”), Metyu Riz (“Amerikaliklar”), Liv Shrayber (“Rey Donovan”), Sterling K. Braun va Maylo Ventimilya (“Bu biz”) raqiblik qiladi.
Izoh (0)