Vashington Suriyadagi ikkinchi sulh ustida ishlamoqda. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Biz Suriyaning o‘ta murakkab qismida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha ikkinchi kelishuv ustida ishlayapmiz. Agar buni uddalay olsak va yana bir necha sulhlar tuzilsa, Suriyada hech kim o‘q uzmaydi. Birinchi yarashuv 5 kundan beri davom etmoqda va bu Suriyadagi vaziyat uchun juda katta muddat. Shu tariqa o‘nlab kishilarning hayoti saqlab qolindi”, — dedi Tramp Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan birgalikdagi matbuot anjumanida.
AQSh va Rossiya Iordaniya bilan hamkorlikda G20 sammiti doirasida Suriya janubi-g‘arbida o‘t ochishni to‘xtatish tartibini kelishib olgandi. Sulh 9-iyul kuni kuchga kirdi.
Izoh (0)