Toshkentda O‘zbekiston va Qirg‘iziston aviatsiya rasmiylarining ikki tomonlama maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qirg‘izistonning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kabar”.
Qirg‘iziston delegatsiyasiga mamlakat transport va yo‘llar vaziri o‘rinbosari Gulmira Abdraliyeva boshchilik qildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning turli hududlaridan Issiqko‘ldagi xalqaro aeroportga havo qatnovini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonda Qirg‘iziston aviakompaniyalari vakolatxonalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, parvozlar yo‘nalishlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar aviatsiya xavfsizligini ta’minlash, aviatsiya tizimini modernizatsiya qilish, kadrlarni o‘qitish va tayyorlash sohalarida tajriba almashish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Izoh (0)