2017-yil 12-iyul kuni Toshkent shahri hududida 8 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasida 8 nafar shaxslar tan jarohati olgan, vafot etganlar yo‘q. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
2017-yilning 12-iyul kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2470 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 820 tasini qo‘pol turdagi, 26 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017-yil 12-iyul kuni jami 652 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 342 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 310 tasini belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.
Izoh (0)