Mirzo Ulug‘bek tumanida fohishaxona saqlagan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
2017-yilning 10-iyul kuni, taxminan, soat 22:00 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi fuqaro Mixail Kuznetsov o‘z xonadonda fohishaxona saqlab, 20 ming so‘m pul evaziga fuqaro “A” va “B”larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)