O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 13-iyul kuni Sankt-Peterburgdagi omborxonada yuz bergan va yetti kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yong‘in yuzasidan rasmiy axborot berdi.
OAV xabarlariga ko‘ra, 2017-yilning 13-iyul tongida Sankt-Peterburg tarkibiga kiruvchi Kolpino shahridagi metall angarida umumiy maydoni 600 kvadrat metrga teng bo‘lgan yong‘in sodir bo‘ldi.Yong‘in qoldiqlarini ajratish paytida o‘t o‘chiruvchilar tomonidan O‘zbekiston fuqarolari deb taxmin qilinayotgan 7 ta jasad topilgan.
Ayni paytda mahalliy hukumat tomonidan tergov tadbirlari olib borilmoqda.
Tashqi ishlar vazirligi topshirig‘iga binoan, voqeaning butun tafsilotlarini va halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash jarayonida ishtirok etish uchun, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vakillari Moskva shahridan Sankt-Peterburg shahriga uchib ketdi.
Izoh (0)