13-iyulning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. 1990-yildan beri O‘zbekiston moliya vaziri birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Tatyana Guskova lavozimidan ozod etildi. Shavkat Mirziyoyev 23-iyundayoq uning o‘rniga yangi kadrni tayinlab bo‘lgan edi.
2. Peterburg yaqinidagi yong‘inda 7 kishi halok bo‘ldi. Ularning O‘zbekiston fuqarolari ekanligi bildirilmoqda. O‘zbekiston elchixonasi vakillari Peterburgdagi yong‘in joyiga yo‘l oldi.
3. Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga hujjat topshirish uchun nega kamida uch kun vaqt ketadi? Oliy tibbiy ta’lim muassasalari qabulidagi bu yilgi sargardonliklar 2017-yildan tatbiq etilayotgan maqsadli qabul bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
4. O‘zMUdagi “aqlli texnologiya” Zuhraning o‘rniga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan Fotimani aniqladi. Bu boshqa birovning o‘rniga hujjat topshirish bo‘yicha birinchi holat emas.
5. O‘zbekistonda tarqatishga tavsiya etilmaydigan xorijiy filmlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ro‘yxatdan syujetida, jumladan, axloqiy buzuqlik, shahvoniy nafsga erk berish, besoqolbozlik, svingerlikni targ‘ib qiluvchi sahnalar bo‘lgan kinofilmlar o‘rin olgan.
Izoh (0)