Shayxontohur tumanida 800 ming so‘m pul evaziga qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ikki nafar ayol qo‘lga olindi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
2017-yilning 9-iyul kuni taxminan soat 23:30 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Manzura Yusupova va Durdona Abdurahimova, Shayxontohur tumani hududida qo‘shmachilik bilan shug‘ullanib, 800 ming so‘m pul evaziga fuqaro “A”ni ikki nafar ayollar bilan jinsiy aloqa qilishi uchun tanishtirib qo‘ygani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 3-qismi (bir guruh shaxslar bilan oldindan til biriktirib, g‘arazli niyatlarda qo‘shmachilik qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)