Germaniyaning Darmshtadt shahrida zarrachalar uchun dunyodagi eng yirik tezlatkich qurilishi boshlandi, deb yozadi “Germania-online.ru”.
Fair ionlar va antiprotonlar tadqiqot markazi o‘z ishini 2025-yilda boshlaydi. Uning yordamida olimlar olam sirlarini ochmoqchi. Ularni 13,8 milliard yil avval yuz bergan Katta portlashdan hozirgi kungacha bo‘lgan vaqt oralig‘i qiziqtirmoqda.
Yangi markazda zamonaviy yadro va subyadro fizikasi sohasida juda ko‘plab tajribalarni o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Loyihaning markaziy qismi — qo‘sh sinxrotrondan iborat bo‘lib, uning halqalari aylanasi 1,1 kilometrni tashkil qiladi. Sinxrotronning 17 metr qismi yer ostiga yotqiziladi. Zaryadlangan zarralar, ionlar va antiprotonlar o‘ta shiddatli tarzda, soniyasiga 297 ming kilometrgacha tezlikda tezlashtiriladi, bu qariyb yorug‘lik tezligiga teng demakdir.
Olimlar o‘ta baland harorat va bosim natijasida yuz bergan to‘qnashuvlarda qanday qilib yangi zarrachalar va moddalarning yangi shakllari paydo bo‘lishini kuzatadi. Ushbu kuzatuvlar natijasida Yerning rivojlanish tarixi haqida xulosalar chiqariladi.
Izoh (0)