Braziliyalik shifokorlar sharofati bilan to‘qqiz haftalik homilador bo‘lgan vaqtida vafot etgan ayol to‘rt oydan so‘ng egizak farzandlarini dunyoga keltirdi, deb yozadi “Mk.ru”. Bunday tug‘uruq tarixdagi birinchisi emas, ammo miyaning o‘limidan so‘ng mutaxassislar ayolning homilasini saqlab turgan muddat rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Braziliyalik Frankilen da Silva Zampoli Padilya 21 yoshida insult va miyaga qon quyilishidan vafot etdi. Dastlab mutaxassislar uning qornidagi homilalar ham vafot etganini taxmin qildi, ammo ultratovushli tekshiruv ularning tirikligini ko‘rsatdi.
Braziliyalik shifokor ilgari onasi vafot etganiga qaramay, homilani 107 kundan so‘ng tug‘dirishga muvaffaq bo‘lgan portugaliyalik hamkasbi bilan maslahatlashdi. Mutaxassislar bolalarning organlari ayolning qornida o‘sishda va rivojlanishda davom etishiga erishdi.
Ayol kasalxonaga kelib tushganidan so‘ng 123 kun o‘tgach, shifokorlar kesarcha kesish yo‘li bilan 1,4 kilogrammlik qiz va 1,3 kilogrammlik o‘g‘il chaqaloqni tug‘dirib oldi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, ularning salomatligi xuddi shunday yoshdagi chala tug‘ilgan “oddiy” chaqaloqlarniki kabi bo‘lgan. Ular kasalxonaning maxsus bo‘limida yana uch oyni o‘tkazdi, endi esa ularga buvisi g‘amxo‘rlik qilmoqda.
Izoh (0)