Rossiya prezidenti ma’muriyati federal markaz va Tatariston rasmiylari o‘rtasidagi vakolatlarni chegaralash bo‘yicha shartnomani uzaytirish niyatida emas. Yangi shartnoma tuzish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmayapti. Bu haqda Kremlga yaqin manbalarga tayanib, “RBK” ma’lum qildi, deya xabar beradi “MK.ru”.
Tatariston rasmiylari shartnoma u yoki bu tarzda saqlanib qolishini istagan edi, biroq Moskvaning mazkur masaladagi qat’iy munosabatini bilib, hech yo‘q qandaydir imtiyozlarni qo‘lga kiritishga e’tiborini qaratgan.
Ikki tomon shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani va uning uzaytirilishi rad etilishi o‘rnini to‘ldirishni muhokama qilayotganini Qozondagi manba ham tasdiqladi.
Rossiya va Tatariston o‘rtasidagi vakolatlarni chegaralash bo‘yicha shartnoma 1994-yilda imzolangan edi. 2007-yilda 10 yilga uzaytirildi, biroq yangilangan hujjatda Tatariston rasmiylari tasarrufidagi ko‘plab vakolatlar olib tashlangandi.
Izoh (0)