Yaponiyaning Kansay aeroporti xodimlari Tayvandan uchib kelgan samolyot bortidan yombi ko‘rinishidagi o‘nlab kilogramm oltin topib oldi, deb xabar berdi “MK.ru”.
NHK telekanalining ma’lumotlariga ko‘ra, qimmatbaho metall 9-iyul, yakshanba kuni Vanilla Air aviakompaniyasiga tegishli samolyot hojatxonasidan topilgan. Aviakompaniya xodimlari yerga qo‘ngach, aeroport xavfsizlik xizmatiga hojatxonaning ko‘rinishi g‘alati ekanligi haqida xabar qilgan. Tekshiruv davomida hojatxonadagi panellar ortiga yashirilgan oltin yombilar aniqlangan.
Ayni vaqtda tergov ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)